09:31:55, 12 Мая 2024
QuVnoQ.uz
Sayt menyusi
Yangiliklar turi
Yangiliklar [15]
Musiqa [5]
Fakt [2]
Mobilnik [4]
Soft [21]
Sport [1]
Klip [9]
Latifa [3]
Kino [2]
Foto [10]
O'yin [5]
Screen saver [3]
Kitoblar [5]
Forum
 Sayt bo'yicha savol va takliflar (15)  Qaysi qo'shiqni qidiryapsiz? (15)  Forumga moderlar tanlanmoqda (10)  Banner almashilik? (3)  O'z fikringizni bildiring... (2)
Mini chat
So'rovnoma
Siz qaysi sahifadan ko'proq foydalanasiz?
Javoblar: 83
Reklama
Yangiliklar
Bosh sahifa » 2007 » Октябрь » 9 » “Shevrole” O‘zbekistonda ishlab chiqariladi
“Shevrole” O‘zbekistonda ishlab chiqariladi
 
 
Mamlakatimizga tashrif buyurgan “General Motors Europe” kompaniyasi prezidenti Karl Peter Foster va “GM Daewoo Auto & Tehnology” kompaniyasi prezidenti Maykl Grimaldi 8 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Rustam Azimov va Quvondiq Sanaqulov bilan uchrashdi. Muzokaralarda “O‘zDEUavto” aksiyadorlik jamiyati negizida “Shevrole” avtomobillarini ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha “GM O‘zbekiston” qo‘shma korxonasini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zDEUavto” aksiyadorlik jamiyati, “General Motors Europe” hamda “GM Daewoo Auto & Tehnology” kompaniyalari rahbarlari tegishli bitimni imzoladi.

Ushbu voqeaga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillariga yangi qo‘shma korxonani tashkil etish maqsadlari va uning ishlab chiqarish quvvatini rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar haqida ma’lum qilindi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaradigan mamlakatlardan biriga aylandi. Asakada ishlab chiqarilayotgan “Matiz”, “Neksiya”, “Damas” va “Lasetti” mashinalari yuqori sifati va yuksak texnik xususiyatlari tufayli ko‘plab davlatlarda xaridorgir. Bu yerda ishlab chiqarish muntazam takomillashtirilib, zamon talabiga muvofiq modernizatsiya qilib borilmoqda. Endi esa Asakada bir necha rusumdagi dunyoga mashhur “Shevrole” avtomobillari ham ishlab chiqariladi.

- “GM O‘zbekiston” qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi o‘zaro manfaatli hamkorlik natijasidir, – dedi matbuot anjumanida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Ulug‘bek Roziqulov. – Qisqa vaqt ichida barcha tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Bunda davlatimiz rahbari Islom Karimovning doimiy e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi muhim omil bo‘ldi. “General Motors” jahon avtobozorida ishonchli hamkor, avtomobillar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha yirik korxonalardandir. “General Motors”ning ilg‘or texnologiyalarini so‘nggi yillarda O‘zbekistonda to‘plangan ishlab chiqarish tajribasi bilan birlashtirish, shubhasiz, yuksak natijalarga erishish imkonini beradi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish bilan bir qatorda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir mavjud loyihalarni kengaytirishni o‘z ichiga olgan bunday hamkorlik mamlakatimiz avtomobilsozlik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga xizmat qiladi.

“General Motors Europe” prezidenti K.P.Foster O‘zbekiston rahbariga yangi yirik qo‘shma korxonani tashkil etish jarayonida ko‘rsatgan har tomonlama yordami uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi. “GM O‘zbekiston” qo‘shma korxonasining tashkil etilishi Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. “General Motors” va O‘zbekistonning resurslaridan foydalanish “Shevrole” rusumidagi mashinalarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ularning sifatini oshirish imkonini beradi. Qo‘shma korxona birinchi navbatda uchta rusumdagi “Shevrole” – yil oxirigacha 2 mingta “Captiva”, “Epica” va “Tacuma” mashinalarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Keyinchalik esa bunday rusumdagi avtomobillar soni yanada ko‘paytiriladi.

- Kelajakda qo‘lga kiritadigan muvaffaqiyatlarimizga Asakada katta ishlab chiqarish quvvati va yuqori malakali kadrlarga ega zamonaviy korxonani tashkil etgan o‘zbekistonlik avtomobilsozlar tomonidan asos solindi, – deydi “GM Daewoo Auto & Tehnology” kompaniyasi prezidenti M.Grimaldi. – Yangi rusumdagi “Shevrole” avtomobillariga dunyoda talab katta. O‘zbekistonda qo‘shma korxonaning tashkil etilishi Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropada ushbu rusumdagi avtomobillar bozorini kengaytirish imkonini beradi. “General Motors” bu jarayonga o‘z tajribasi va “nou-xau”sini jalb etadi, bu yerda mehnat qilayotgan mutaxassislar malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yadi va ekspertlar yordamini taqdim etadi. Bularning barchasi O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillar “Shevrole” talablariga to‘liq mos kelishini kafolatlaydi. Bugungi O‘zbekiston – iqtisodiyoti izchil rivojlanib borayotgan mamlakatdir. Bu o‘zaro foydali hamkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Bundan tashqari, matbuot anjumani ishtirokchilariga “GM O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi “General Motors”ning ishlab chiqarish, xarid qilish va yetkazib berish bo‘yicha global tizimiga kiritilishi haqida ma’lum qilindi. Yiliga 200 mingta avtomobil ishlab chiqaradigan Asaka zavodining quvvati yaqin vaqt ichida 250 mingtaga yetkaziladi. Bunday avtomobillar ishlab chiqarishni ko‘paytirish ularning ehtiyot qismlariga bo‘lgan ehtiyojni ham oshiradi. Bu esa O‘zbekistonning boshqa hududlarida ushbu ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Shu kuni “O‘zekspomarkaz”da “Shevrole”ning “GM O‘zbekiston” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan yangi va zamonaviy rusumdagi avtomobillarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zA, Anna Ivanova www.uza.uz
Bo'lim: Yangiliklar | O'qildi: 2423 | Qo'shdi: Mansur | Reyting: 5.0 | Forumda muhokama
Hamma fikrlar: 0
Fikrlarni faqat ro'yhatdan o'tgan fovdalanuvchilar qo'sha oladi.
[ Ro'yhatga olish | Kirish ]
Kirish turi
Top 10 fayllar
  Shohruhxon - Milliycha (2834)
  Rayhon - Yoshlar qo'shig'i (1267)
  Bojalar & Nigora - O'ylaysan o'zingni (852)
  Shahzoda - Uch balodan saqlasin (837)
  Shahzoda - Sevgimiz abadiy (hi-quality) (836)
  Radius 21 - Mahalla jim jit (744)
  Shahzoda - Arman (duetsiz) (692)
  Bojalar - Monolog (666)
  Bojalar - Sog'intirma meni (650)
  Bojalar & Nigora & Ziyoda - Go'zalim (647)
Sayt ichida
Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
IP: 52.15.57.52
 
SMS yuvorish
Yangi foydalanuvhilar
[02 Января 2022]
[24 Августа 2021]
[27 Мая 2021]
[25 Февраля 2021]
[24 Января 2021]
Qidiruv
Bizning do'stlarimiz
UzStars Shovotlandiya Yaguar Uzmusic Gangsta UzHits Yangiliklar markaziga marhamat!

Jamoa.net Tyuk.vo.uz

Reklama
Ob - Havo
GISMETEO.RU: Toshkentda ob-havo
Топ-Рейтинг www.uz Rating@Mail.ru
Barcha huquqlar himoyalangan. Mansur © 2007